Янгиликлар
17
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya organlari tomonidan"Xotin-qizlar huquqlari bo`yicha dolzarb ikki oy" tadbiri munosabati bilan huquqiy targ`ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi tadbir Navoiy viloyatining olis hududlaridan biri Tomdi tumanida tashkil etildi. Tadbirda tuman adliya bo`limi boshlig`i O.Nosirov tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining ayol xodimlariga ularning mehnat qonunchiligidagi imtiyozlari haqida huquqiy tushuntirish berdi.
Shuningdek, tumandagi ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tomonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish, ularga davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish tizimi to`g`risida amaldagi qonunchilikka asosan ma'lumotlar taqdim etilishi ta'minlandi.
Bundan tashqari, huquqiy yordam olishga muhtoj xotin-qizlarga tadbir orqali huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha adliya organlari tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatilishi tushuntirildi.