Янгиликлар
19
Adliya faoliyatidan
Joriy yilning 18-fevral kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining oʼttiz birinchi sessiyasi boʼlib oʼtdi.Sessiya kun tartibida 21 ta masala koʼrib chiqildi. Har bir masala yuzasidan tegishli davlat organi va tashkilot rahbarlarining hisoboti tinglandi.
Viloyat adliya organlari tomonidan 2021-yilda davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʼllash amaliyotining holati yuzasidan olib borilayotgan ishlari toʼgʼrisida adliya boshqarmasi boshligʼi А.Sarabekov ma’lumot berdi.
Hisobotga ko‘ra, 2021-yilning o‘tgan davri mobaynida adliya organlari tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi 62 ta qaror loyihalaridan 61 tasi huquqiy ekspertizadan oʼtkazilib, davlat hisobiga olingan boʼlsa, 1 qaror loyihasi qaytarilgan.
Maʼlumki, Yer kodeksiga kiritilgan soʼngi oʼzgartirishlarga koʼra, yer munosabatlariga oid qarorlar ham endilikda adliya organlari tmonidan huquqiy ekspertizadan oʼtkazilmoqda.
Shunga asosan, viloyat hokimligining 15 dan ortiq qarorlari huquqiy ekspertizadan oʼtkazilib, shundan 10 ta qaror boʼyicha ijobiy xulosa berilgan boʼlsa, 5 ta qaror qonun hujjatlariga zidligi uchun qaytarilgan.
Hisobot davomida adliya boʼlimlari tomonidan tuman va shahar hokimliklariga normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va ular qoʼllash masalalari boʼyicha 2 000 dan ortiq maslahat va tavsiyalar berilgani, “E-qaror” elektron tizimi bo‘yicha mavjud holat shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida aniqlangan ma’lumotlar taqdim etildi.