Янгиликлар
22
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Navoiy shahridagi “Farovon” mahallasida mehnat yarmarkasi boshlandi.
Yarmarkada shahar hududidagi 40ta korxona, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlik sub'yektlari 112 ta bo‘sh ish o‘rinlari va vakant lavozimlar bilar qatnashmoqda.
200 ga yaqin fuqarolar ishtirok etayotgan tadbirda bo‘sh ish o‘rinlaridan tashqari yosh tadbirkorlar, hunarmand va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan milliy mahsulotlar sovdo ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, “Ustoz shogird” an’anasi asosida hunar o‘rganishni istovchi yoshlar uchun bepul o‘quv kurslari taklif etilayapti.
Shu bilan bir qatorda, tijorat banklari tomonidan aholi uchun imtiyozli shartlarda berilishi mo‘ljallangan kredit turlari, olish tartibi haqida ma’lumot berilib, kredit olish uchun imkoniyatlar yaratilmoqda.
Shuningdek, Navoiy viloyat adliya boshqarmasining malakali huquqshunoslari va “Street law” jamoasi «Aholini ish bilan ta’minlash haqida»gi qonun talablari doirasida fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan tartiblar, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarga yaratilgan imtiyozlar, qolaversa, ishga joylashish vaqtida normativ hujjatlarni rasmiylashtirish, bitiruvchilarning huquq va manfaatlari, ish haqi, mehnat ta’tillari to‘g‘risida targ‘ibot materiallari orqali to‘liq ma’lumot bermoqdalar .