Янгиликлар
23
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan shahar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi hamkorligida “Yoshlar markazi”da “Har bir ayol baxtli bo‘lishga haqli” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Tadbirda viloyat sudi, “Ayollarni reblitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyat markazi”, viloyat intellektual mulk himoyasi markazi, Navoiy viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi,siyosiy partiyalar mahalla otinoyilari, faol hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Muloqotda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish hamda bozorlarda sifatli mahsulotlar xaridi xususida so‘z yuritildi.
Bugungi kunda viloyatda 28 mingdan ortiq xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ularning asosiy masalasi ishsizlik bilan bog‘liq.Suhbat davomida ana shu masala bilan murojaat qilgan va tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan xotin-qizlar seminarga taklif etilgan tadbirkor ayollarga biriktirildi.
Tadbirda o‘zining milliy hunarmandchilik namunalari bilan ishtirok etgan viloyat xotin-qizlar tadbirkorlik markazi trenerlari yig‘ilganlarga o‘zini-o‘zi band qilish,biznes reja ishlab chiqish tartibi, tadirkorlik faoliyatini samarali tashkil etish usullari haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Seminar yakunida viloyat adliya boshqarmasi, Ayollarni reblitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyat markazi hamda siyosiy partiyalar o‘rtasida xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, taziq va zo‘rzvonlikk uchragan ayollarga huquqiy ko‘maklashish yuzasidan hamkorlik memorandum imzolandi.