Янгиликлар
24
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyati Konimex tumani adliya boʻlimi tomonidan 27 nafar fuqaroning ish stajini tiklash bilan bogʻliq murojaatlari asosida Navoiy tumanlararo Ma'muriy sudining Konimex tumanida sayyor tartibda sud majlisi tashkil etildi.
– Men Konimex tumanining “Taldiquduq” ovulida yashayman, - deydi Patshagul Berdishova.
– Pensiyaga chiqqunimga qadar turli tashkilotlarda ishladim. Lekin pensiya yoshiga yetganimda pensiya puli men tengi ishlaganlardan ancha kam chiqdi. Adliyaga ushbu masalada murojaat qilgandim, ishim ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, osongina hal boʻldi.
– Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 81-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi “Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 44-sonli qarorining 23-bandi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun 42-moddasi va “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 80-bandiga binoan mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi koʻrsatilgan, – deydi Konimex tumani adliya boʻlimi boshligʻi Nurali Isroilov. – Arxivga ish haqi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar taqdim etilmagan holatda yuqoridagi qonun hujjatlariga asosan, mehnat daftarchasi orqali ish stajini tiklash imkoniyati mavjud. Shu asosga koʻra, tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan daʼvo arizasi qanoatlantirilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi Konimex tuman boʻlimiga fuqarolarning ish stajlarini inobatga olish boʻyicha qaror qabul qilindi.