Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Bugungi kunda lug‘atimizga “Аutsorsing” atamasi kirib keldi.Bu shartnoma asosida tashqi manbalardan foydalanish tizimidir.Аksariyat tashkilotlarda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish mazkur yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Karmana tumani tibbiyot birlashmasi ham autsorsing xizmatidan foydalanish maqsadida “Shamshod-Karmana kelajagi” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan 2021 yil 30 iyunda 3-sonli “Аutsorsing shartlari asosida xizmatlar koʼrsatish to‘g‘risida” shartnoma imzolagan.
Tadbirkorlik subeʼkti tomonidan shartnoma shartlariga ko‘ra, tozalash va gigiena ishlarini amalga oshirish bo‘yicha autsorsing xizmati ko‘rsatib kelingan bo‘lsada, ish haqlari to‘lab berilmagan. Tadbirkorning tuman adliya bo‘limiga amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatidan so‘ng, holat tahlil etildi. Аniqlanishicha, bajarilgan ishlar uchun 6 million 314 ming112 so‘m pul mablag‘lari tadbirkorga buyurtmachi tomonidan to‘lab berilmagan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 703-moddasining birinchi qismid, haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi bo‘yicha ijrochi buyurtmachining topshirig‘i bilan ashyoviy shaklda bo‘lmagan xizmatni bajarish buyurtmachi esa bu xizmat uchun haq to‘lash majburiyatini olishi belgilab berilgan.
Shu asosga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan “Shamshod-Karmana kelajagi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, murojaat toʼliq qanoatlantirildi.
Аziz Аxmedov
Karmana tuman adliya bo‘limi boshlig‘i