Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya faoliyatidan


Navoiy shahridagi “Farovon” mahallasida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli tashkil etildi.Qabulda shahar hokimligi, shahar IIB, ijtimoiy soha vakillari va tadbirkorlik sub’ektlari mas’ullari ishtirok etishdi.
Murojaatlar asosan bandlik, pensiya taʼminoti, soliq toʼlovlari, uy-joyni xususiylashtirish, moddiy yordam, aliment undiruvi, mehnat munosabatlari va ichki yo‘llar ta’miri singari masalalardan iborat bo‘ldi. Xususan, fuqarolar  Navoiy shahar “Tarobiy”ko‘chasida joylashgan ba’zi ko‘p qavatli imoratlar elektr energiyasi ta’minotida tez-tez uzilishlar kuzatilayotgani, “Farovon” mahallasi hududidagi ayrim ichki yo‘llar ta’mirga muhtoj ekanligiga alohida urg‘u berishdi. Mutasaddilar masalani shu kunning o‘zidayoq tahlil etib, ijobiy echimi yuzasidan aniq vazifalarni belgilab olishdi. Hududdagi 1000 metrga yaqin yo‘llarning shag‘allashtirilishi bo‘yicha topshiriqlar belgilandi. 
Sayyor qabul davomida ishga joylashtirishda amaliy yordam soʼragan  A’zamjon Shodiyevning murojati ham qanoatlantirildi. .
- Bugungi qabul menda katta taassurot qoldirdi.Bu yerda sektor rahbarlari, viloyat adliya boshqarmasi, IIB, gaz, elektr energiyasiga mas’ul  idoralarning rahbarlari bilan gaplashish imkoniyatiga ega boʼldim.Toʼgʼrisi, mening masalalarimni hal etilishida har birining hissasi bor. Shu paytgacha bir masalam faqat bir tashkilot bilangina hal etiladi deb oʼylardim.Mana bugun, ish jarayonini tashkil etayotgan rahbarlarning harakatlaridan bildimki, muammoni ijobiy yechish uchun bir nechta tashkilot bilan ishlashga toʼgʼri kelar ekan.Bugungi kunim uchun rahmat aytaman.-deydi fuqaro A.Shodiyev