Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya faoliyatidan


«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning el-yurtimiz qalbi va ongidan chuqur joy olgan bu soʼzlari bugun mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tub oʼzgarish va islohotlarni harakatlantiruvchi qudratli kuchga, taʼbir joiz boʼlsa, ularning gʼoyaviy oʼzagiga aylandi. Xalqimizning hayotiy talab va ehtiyojlarini taʼminlash, odamlarimizni rozi qilish yoʼlidagi zalvorli ishlar aynan ana shunday ezgu va hayotbaxsh gʼoyalar asosida olib borilib, tobora yangi maʼno va mazmun bilan boyib bormoqda.
Аdliya organlari tizimidagi ishlar ham ana shu tamoyil asosida tashkil etilmoqda. Bugungi kunda fuqaro murojaatlari adliya organlari tomonidan nainki adliya boshqarmasi va tuman shahar adliya boʼlimlari binolarida, balki, sayyor qabullar, uyma-uy yurish tadbirlari davomida ham qabul qilinmoqda.Qolaversa, fuqarolar ishonch telefoni va maxsus tashkil etilgan telegram bot kanali orqali ham oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari va murojaat qoldirishlari mumkin.
Bugun fuqarolar adliya idoralaridan rozi bo‘lib chiqib ketishayotganini ularning munosabatlarida ham ko‘rish mumki.
-   Men Navoiy shahridagi “Farovon” mahallasida yashayman.Ma’lumotim o‘rta, 10 yildan buyon ishsizman. 3 nafar farzandim bor. Oilamiz iqtisodiy to‘kis emas. Ishlamaganim uchun  bolalarimga ko‘pincha ular istagan mevalardan, shirinliklardan olib berolmiman. Adliya boshqarmasi boshlig‘I tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda ishtirok etib, ish topib berishda yordam so‘rab murojaat qilganimdan so‘ng menga amaliy ko‘mak berildi. Hozirda viloyat yuridik texnikumiga ishga joylashdim. Yuragimdagi quvonchimni ifodalashim qiyin.Xayolimda faqat bir fikr aylanayapti, oylik olgach eng avvalo, ko‘zi mo‘ltirab turgan farzandlarimga yegulik olib boraman.-deydi Gulhayo Umarova