Янгиликлар
02
Adliya faoliyatidan
Navbahor tuman adliya bo'limi hamda tumandagi boshqa huquqni juhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Navoiy viloyat ruhiy kasalliklar dispanserida "Korrupsiya millat kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasida maqsadli siyosat olib borilib, ushbu sohada qonunchilik asoslarini takomillashtirish, davlat organ va tashkilotlarining xalq oldida hisobdorligini hamda ularning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.Tadbir sо‘nggida jamiyat ishchi-xodimlarining korrupsiyaga yo'l qo'ymasliklari, umuman, bu kabi holatlarga murosa qilmasliklari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berildi.