Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Adliya faoliyatidan


Joriy yilning 4-mart kuni Navbahor tuman Mudofaa bo‘limida O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Navoiy viloyat bo'limi hamda tuman adliya bo‘limi ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasi Navoiy viloyat bo'limi boshlig'i so'zga chiqib, Afg'on urushida ishtirok etgan o'zbek o'g'lonlarining Vatan oldidagi buyuk xizmatlari, Davlatimiz rahbari - Oliy bosh qo'mondonimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Afg'on urushi qatnashchilari va urushda halok bo'lganlarning oila a'zolariga ko'rsatilayotgan e'tibordan mamnunligini aytib o'tdi.
Shuningdek, Navbahor tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Fayzullayev amaldagi qonunchilikda Afg'on urushida ishtirok etgan fuqarolarga berilgan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. 
Tadbir davomida qatnashchilarning urush davridagi xotiralari, kechinmalari yig`ilganlarda chuqur taassurot qoldirdi. 
Tinchlikning qadriga yetish, urushning o`nglanmas talofatlari haqidagi mulohazalar tinglandi.