Янгиликлар
07
E’TIBOR VA E’TIROF
Mamlakatning ertangi kuni aynan oqila, dono va tashabbuskor ayollar safining kengayishi bilan bog‘liq. Shu bois ham bugungi kunda xotin-qizlarimizning hayotdan rozi va baxtiyor bo‘lib yashashlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Ayollarimizning siyosiy mavqeyi, jamiyatdagi o‘rnini oshirib borishga alohida e’tibor berilayapti.
Adliya organlari tizimida ham xotin-qizlar safi kengayib, ularning faoliyati qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda.
Navoiy viloyat adliya organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar umumiy sonining 22 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
“8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda tizimda faoliyat olib borayotgan barcha xotin-qizlarni qutlab, ularga ehtirom ko‘rsatildi.