Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Adliya faoliyatidan


Qiziltepa tumanining  “Xomrabot”  mahallasi   2017-yilning sentyabr oyida tabiiy gaz tarmogʼidan uzilgan.Shu kundan boshlab hech bir xonadon vakili tabiiy gazdan foydalanmagan. Biroq, fuqarolar gaz uchun to‘lovni oldindan amalga oshirgani bois, gaz idorasida iste’molchilarning ortiqcha mablag‘lari yig‘ilib qolgan. Mahalla fuqarolari hozirgi kunda tabiiy gaz isteʼmolchisi emasligi va ortiqcha toʼlangan pul mablagʼlarini undirishda huquqiy yordam soʼrab tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

Oʼrganish natijalariga koʼra, “Oʼztransgaz” АJ Navoiy viloyati boʼyicha gaz taʼminoti hududiy filialining №43-01-23-159/1154-sonli, 18.03.2019 yildagi № 43-01-23-160/1182-sonli xatiga asosan, Qiziltepa tumani “Xomrabot” va “Аrabxona” MFYlarida yashovchi fuqarolarning tabiiy gaz isteʼmoli uchun jami 455 million so‘m ortiqcha to‘langan mablag‘lari borligi aniqlandi.

 Shunga asosan, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolar manfaatida sudga da’vo arizasi kiritilib, murojaatlar qanoatlantirildi.

-         Biz mahalladoshlarimiz bilan uylarimizga tabiiy gaz kelishi to‘xtagan kundan boshlab, gaz uchun oldindan to‘lagan pullarimizni qaytarib olishni harakatini qilgandik. Idorama-idora yugurishlar ko‘p bo‘ldi.Oxiri adliya bo‘limiga murojaat qildik. Mana 6 yil deganda pullarimiz qo‘limizga tegdi.Ro‘yxatma ro‘yxat hisoblasam bugungi kunda 330 nafar mahalladoshlarimiz pullarini qaytarib olishibdi.Buning uchun man adliya xodimlariga alohida rahmat aytaman.-deydi fuqaro Amrullo Dustov