Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya faoliyatidan


Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi PQ-5124-son “Sog‘liqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tog‘risida”gi qarori talablariga rioya etish holati monitoring qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021-yilning 1-iyulidan boshlab tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida kompyuter jihozlari bo‘yicha texnik xodim lavozimi, kompyuter texnikasi xizmati bo‘yicha muhandis lavozimiga almashtirilishi lozim.

Shuningdek, soha xodimlari zimmasiga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish hamda rivojlantirish vazifalari yuklanib, mazkur yo‘nalishdagi mutaxassislar uchun oylik ustama miqdori xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmasligi belgilangan.

Biroq, viloyat moliya bosh boshqarmasining taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida kompyuter texnikasi xizmati bo‘yicha muhandis lavozimida ishlab kelayotgan Ch.Tursunovaga oylik ustamalar o‘z vaqtida to‘lab berilmagan.

Tuman adliya bo‘limi tomonidan Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasiga qonunbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan taqdimnoma kiritilib, Ch.Tursunovaga oylik ustama haqlari undirib berildi.