Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
YER MUNOSABATLARIDA FIRIBGARLIKKA YO'L QO'YILMAYDI
Adliya boshqarmasi tomonidan yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, erga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash bo‘yicha joylarda huquqiy targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bu galgi tadbir Nurota tumani “Eshon sudur” hamda Navoiy shahar “O‘zbeksiton” mahallasida tashkil etildi.
Tadbir davomida yerga oid munosabatlarda uchrayotgan firibgarlik holatlarini oldini olish maqsadida, yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida ajratilishi, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilinishi, tuman va shahar mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni belgilash, e’tirof etish, o‘zgartirish, bekor qilish yuzasidan qaror, farmoyish yoki boshqa turdagi hujjat qabul qilish huquqi bekor qilinganligi bo‘yicha amaldagi qonunchilik yuzasidan huquqiy tushuntirish berib o'tildi.
Shuningdek, viloyatimizdagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida yer munosabatlarida firibgarlikdan ehtiyot bo‘lishga chaqiruvchi
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari hamda fuqarolarga mazkur masala yuzasidan mahallalarga biriktirilgan adliya organlari, yuridik xizmat markazlari xodimlari va notariuslarning xizmat telefonlari berilib, targ'ibot materiallari tarqatildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirlari manzilli ravishda tashkil etilishi davom etmoqda.