Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya faoliyatidan


Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining tashkil etilgani jamiyatda qonuniylikni mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda. Bugungi kunda Navoiy viloyati yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan joylarda qonunchilikka amal qilish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Xatirchi tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida tashkillashtirildi.
Seminarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi PQ-5168-son Qarorida ko‘rsatilgan tashkilot va korxonalar hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, ichki hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini ta’minlash borasida huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, xujjatda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo`lgan ishlar belgilab olindi.
Muloqot davomida maktabgacha ta’lim tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, kelgusida mazkur turdagi xizmat bilan barcha davlat MTTlarini ham qamrab olish masalasi rejalashtirilgani ma’lum qilindi.