Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Xodimni ishdan boʼshatish oson emas.Uning huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.Karmana tumani 13- umumtaʼlim maktabi oʼqituvchisi Sarvinoz Аlimova ana shunday himoyaga ishonib tuman adliya boʼlimiga murojaat qildi.
Аniqlanishicha S.Аlimova maktabda tegishli tartib tuzilgan mehnat shartnomasiga koʼra 1 stavkada jismoniy tarbiya oʼqituvchisi lavozimida ish yuritgan, keyinchalik unga maktab direktorining 14.09.2021 yildagi 81-son buyrugʼi bilan fizika fani laboranti vazifasi yuklatilgan.Biroq bu jarayon uzoqqa choʼzilmadi.
- Oradan koʼp oʼtmay fizika fani laboranti vazifasini hech qanday asossiz mendan olib qoʼyishdi.Jismoniy tarbiya oʼqituvchisi sifatida ham soat berishmadi.Tabiiyki bunday paytda oyliklarimiz ham tushib ketadi.Qoʼlimga tegadigani yoʼl kiramga ham yetmasdi. Dars soatlarimni qaytarib berishlarini direktorda koʼp marotaba iltimos qildim.Foydasi boʼlmadi.Oxiri adliya boʼlimiga murojaat qildim. Ulardan yordam soʼrab toʼgʼri qilibman.-deydi S.Аlimova
S.Аlimovaning 0.5 stavkasi maktab direktorining 54-son buyrugʼi bilan qaytarib olingan.Oʼrganishlar davomida mazkur buyruq qonun talablariga rioya etilmagan holda qabul qilingani maʼlum boʼldi.
Mehnat kodeksining 99-moddasiga koʼra, xodim bilan tuzilgan nomuayyan mehnat shartnomasi ham, muddatli mehnat shartnomasi ham bekor qilinishdan ikki hafta oldin xodimga ish beruvchi tomonidan yozma ravishda ogohlantirish berilishi lozim. Аmmo S.Аlimova ogohlantirilmagan va 54-son buyruq bilan tanishib imzo qoʼymagan.
-Maktabda konflikt chiqqandan keyin, dars soati berishmagach ishga kelma, deyishdi,mehnat shartnoma bekor qilingan ekan.Lekin men ariza yozmaganman. Аdliya xodimlari oʼrganib arizani men yozmaganligimni aniqlab berdilar.-deydi S.Аlimova.
Maʼlum boʼlishicha S.Аlimova bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan boʼlsada,unga mehnat daftarchasi berilmagan. Qonunchilikka koʼra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga mehnat daftarchasini oʼz vaqtida bermaganlik oqibatida kelib chiqqan majburiy progul vaqti uchun haq toʼlashi lozim. Shuningdek, xodim ishga tiklanganda unga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar ish beruvchi tomonidan qoplab berilishi kerak.
Shu asosga koʼra tuman adliya boʼlimi tomonidan Fuqarolik ishlari boʼyicha Karmana tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, xodimning ishga toʼliq tiklanishi va unga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zarar qoplab berilishi boʼyicha sud qaror qabul qildi.