Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Mamlakatimizda elektron hukumat tizimining joriy etilishi natijasida byurokratik to‘siqlar qisqartirilib, ortiqcha qog‘ozbozlik va fuqarolarning ovoragarchiliklari oldi olinmoqda.Bunda ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subъektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to'siqlarni qisqartirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g‘risida”gi PF- 6191-sonli farmoni muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Xujjatga ko‘ra, ayrim turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi, ma'muriy tartib-taomillardan o'tish muddatlari sezilarli ravishda qisqartirildi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan bir qator ma'lumotnomalar bekor qilindi.
Ammo ba’zida tashkilotlarda elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud bo'lgan ma'lumotlarni qog'oz ko'rinishida so'rash, ish faoliyatini tashkil etish uchun muhim bo'lmagan hujjatlarni talab qilish natijasida aholi va tadbirkorlik sub'ektlarini ovora qilish holatlari uchramoqda. Karmana tuman adliya bo‘limi tomonidan Prezident xujjatida belgilangan vazifalar yuzasida monitoring o‘tkazilganda ayrim tashkilot va muassasalarda ana shunday muammo mavjudligi aniqlandi.
Xususan Karmana tuman obodonlashtirish boshqarmasida huquqni qo‘llash sohasida anglashilmovchilik yuzaga kelgani bois, ayrim fuqarolardan elektron tizim orqali olish imkoniyati mavjud bo'lgan ma'lumotlar qog'oz ko'rinishida so'ralgan
- Prezident xujjati chiqqandan keyin, unda belgilangan vazifalarni to‘liq tushunib yetmaslik va ayrim texnik sabablarga ko‘ra ishga kirish istagida bo‘lgan, jamoat shartnomasini rasmiylashtirgan fuqarolardan eski tartib bo‘yicha xujjatlar so‘rab olingan.Keyinchalik bizga adliya bo‘limi tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatilib, xujjatni amaliyotda qo‘llash tartibi tushuntirilgach, holat to‘liq bartaraf etildi.-deydi Karmana tuman obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi Munira Ro‘ziyeva
O‘razova Dilafro‘z tuman obodonlashtirish boshqarmasi tizimiga bir oy avval ishga joylashgan.
- Men ishga joylashish uchun tanishlarim bilan maslahatlashib, tashkilot so‘rashidan avval olib kelgandim.Ammo, mendan faqatgina shaxsni tasdiqlovchi xujjatimni so‘rashdi, manzil ma’lumoti va tibbiy ma’lumotnomalar ham taqdim etganim yo‘q.-deydi D.O‘razova
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, joriy yilning shu davriga qadar adliya organlariga 2 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 75 foizi qanoatlantirilgan, 20 foiziga huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar tegishliligiga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlariga yuborildi.