Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Bilasizmi


Xabardor qilish uchun ariza berish

"Litsenziya" axborot tizimi orqali faoliyatingizga oid xizmat bo'yicha xabardor qilish uchun saytning asosiy sahifasida "ariza berish" tugmasi orqali, "litsenziya va ruxsatnomalar turlari" sahifasiga o'tiladi. 

O'zingizga kerak bo'lgan xabardor qilish xizmati nomini qidiruv funksiyasi orqali yoki tegishli faoliyat turini yo'nalishlar ro'yxatidan topib, ariza berish jarayonini boshlashingiz mumkin.

Asosiy sahifada kerakli faoliyat turini tanlagandan so'ng, ushbu faoliyat turiga mansub bo'lgan yo'nalishlar ro'yhatidan faoliyatingizga tegishli yo'nalish turini tanlaysiz va tanlangan xizmat to'g'risida ma'lumotlar – hujjat turi, xizmat narxi, tasdiqnoma berish muddati hamda umumiy ma'lumotlarni ko'rishingiz mumkin. Sahifaning pastki qismida (5) mazkur xizmat orqali amalga oshirilishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari va ushbu faoliyatni yuritish uchun talablar qayd etilgan. Ushbu ma'lumotlar bilan tanishib chiqqaningizdan so'ng, yuqoridagi "ariza berish" tugmasini bosing.

Eslatma: boshqa turdagi xabardor qilish xizmatlari uchun ariza berish qadamlari va to'ldiriladigan ma'lumotlar tegishli tartibda farq qilishi mumkin.

Ariza berish jarayoni 7 ta qadamdan iborat bo'lib, hujjat turini tanlash, avtomatik tarzda to'ldirilgan foydalanuvchi shaxsiy ma'lumotlari, telefon raqami  va elektron manzili to'g'risidagi ma'lumotlarni kiritish orqali davom ettiriladi. Ushbu ma'lumotlar kiritilganidan so'ng "keyingisi" tugmasini bosing.

2-qadamda lisenziyaga talabgor yuridik shaxs haqida ma'lumotlar avtomatik tarzda to'ldiriladi va tashkilotning telefon raqami, elektron pochta manzili hamda tashkilotning bank rekvizitlarini tegishli tartibda kiriting. Ma'lumotlar to'g'riligiga ishonch hosil qilganingizdan so'ng "keyingisi" tugmasini bosing.

3-qadamda mazkur tasdiqnoma orqali olib borish mumkin bo'lgan faoliyat turlarini tanlaysiz (bir nechtasini tanlash mumkin) va keyingi qadamga o'tasiz.

4-qadamda faoliyat ko'rsatish manzilining kadastr raqamini kiritib, qidiruv tugmasini bosganda faoliyat ko'rsatish manzili to'g'risidagi ma'lumotlar avtomatik tarzda to'ldiriladi, manzil xaritada belgilanadi. Agarga mulkka egalik huquqi ijara asosida bo'lsa, ijara shartnomasining skanerlangan nushasini yuklash  tugmasini bosib ijara shartnomasining skanerlangan nusxasi yuklanadi. Tegishli ma'lumotlar kiritilganidan so'ng keyingi qadamga o'tishingiz lozim.


Agar kadastr raqami bo'yicha ma'lumotlar topilmasa, faoliyat ko'rsatish manzilini o'zingiz to'ldirishingiz talab etiladi.

5-qadamda tashkilotning moddiy texnik bazasi to'g'risidagi ma'lumotlar talab etiladi. Mazkur faoliyat turini ko'rsatish mobaynida zarur bo'ladigan uskunalarni kiritish uchun "Qo'shish" tugmasini bosib, mavjud uskunalar to'g'risidagi ma'lumotlarni tegishli tartibda to'ldirasiz va "saqlash" tugmasini bosasiz. Mavjud bo'lgan barcha uskunalar to'g'risidagi ma'lumotlar taqdim etilganidan so'ng keyingi qadamga o'tasiz.

6-qadamda mazkur arizaning natijasi bo'yicha sizga tasdiqnoma taqdim etilsa, faoliyatingizni amalga oshirish davomida amal qilishingiz lozim bo'lgan talab va shartlarga rozilik bildirishingiz va ularga qat'iy rioya qilishingiz kerak bo'ladi, talab va shartlarni barchasini belgilab, "qabul qilaman" tugmasini bosing.

  Ariza berish jarayonniing barcha qadamlaridan muvaffaqiyatli o'tganingizdan keyin    



To'lov bosqichi.

7-qadamda xizmat uchun to'lov sahifasi ochiladi. Ushbu sahifada onlayn bank va bank kassalari orqali to'lashga oid yo'riqnomalar (1), plastik karta orqali to'lash imkoniyati (2) mavjud. Shuningdek, to'lovni amalga oshirishingiz uchun hisob-faktura avtomatik tarzda shakllanadi va unda to'lov tizimlari orqali to'lovni amalga oshirish uchun QR-kod, to'lov ma'lumotlari, invoys raqami va to'lov summasi aks etadi.


Mavjud to'lov usullarining biridan foydalanib, to'lovni amalga oshirganingizdan keyin "to'lov holatini tekshirish" tugmasi orqali ariza berish jarayonini yakunlaysiz.

Agar to'lov plastik karta, QR-code yoki onlayn bank orqali amalga oshirilgan bo'lsa "to'lov holatini tekshirish" tugmasini bosishdan oldin 1 daqiqa kutib.

To'lov amalga oshganidan so'ng, ushbu arizaga binoan quyidagi ko'rinishda tasdiqnoma va unga tegishli barcha qo'shima ma'lumotlar tizim tomonidan avtomatik tarzda generasiya qilinadi.