Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Adliya faoliyatidan


Mamlakatimizda davlat, xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, turli mulkchilik shaklidagi korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 

29-iyunda qabul qilingan PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori dasturil amal bo'ldi. Uning asosida respublika bo'ylab yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etilib, yuridik xizmat sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarildi. Markazlarning maqomi, faoliyat tartibi, funksiya va vazifalari belgilab berildi.

  Shu asosga ko‘ra, Navoiy viloyatida ham yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati tizimli tashkil etilib, hududda yuridik xizmat ko'rsatish sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarildi. Tashkilotlarda yuridik hujjatlar almashinuvining elektron shaklda yo'lga qo'yilgani qonuniylikni ta'minlash bilan bir qatorda, ortiqcha ovoragarchiliklarning ham oldini olmoqda. Tuman markazida joylashgan Davlat xizmatlari markazi binosining birinchi qavatida faoliyat olib borayotgan Xatirchi tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazida ham ish jarayoni mazkur yo'nalishda tashkil etilgan.

Shu kunga qadar Xatirchi tuman yuridik xizmat ko’rsatish markaziga 

3000 dan ortiq hujjat loyihalari kelib tushgan bo‘lib, markaz tomonidan 162 ta hujjat loyihasi amaldagi normativ-hujjatlarga nomuvofiq deb topilgan bo’lsa, 181 ta hujjat loyihalari qonunchlikka muvofiqlashtirish choralari ko’rilgan. 

Huquqiy ko'mak yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining bosh maqsadi bo’lib, shu bois, soha xodimlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilikka rioya etish, amalda joriy etilgan “E huquqshunos” elektron dasturidan samarali foydalanish, huquqiy xujjatlar ekpertizasida yuridik xizmat markazlari bilan tizimli muloqotni tashkil etib borish maqsadida seminar-treninglar va davra suhbatlari o'tkazib borilmoqda. Muloqotlar mobaynida soha vakillariga hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish turli shakldagi qonunbuzilishlarini oldini olishi, rahbar va xodim o'rtasidagi mehnat munosabatlarini qonun asosida shakllantirib borish va ularning mehnat huquqlarini ta'minlashda muhim omil ekanligi tushuntirib borilmoqda.

Shuningdek, Adliya vazirligi tizimidagi Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tomonidan respublikadagi 9758 ta davlat o'rta ta'lim maktablaridagi kadrlar xizmati xodimlariga oylik maosh to'lash amaliyoti o'rganildi. 

O’rganish davomida respublikamizdagi maktablarda 9 787 ta kadrlar xizmati xodimlari shtat birliklari mavjudligi ularda 9 937 nafar (0,5 stavka ham qo'shib hisoblaganda) xodimlar faoliyat yuritayotganligi, mazkur xodimlarga xalq ta’limi bo’limlari tomonidan lavozim razryadlari noto’g’ri qo’llanilishi natijasida ish haqlari kam to’lanib kelinganligi ma’lum bo’ldi.

O’rganish natijasiga ko’ra, adliya bo’limlari tomonidan yuqoridagi xodimning lavozim razryadini muvofiqlashtirish hamda xodimlarning mehnatga haq to'lash bo'yicha lavozim razryadlari asossiz pasaytirilishi natijasida jami 16 mlrd. so'm kam to'langan oylik maoshlarini to’lab berish yuzasidan 1 832 ta tegishli ta’sur choralari kiritildi.  

Mazkur holat Xatirchi tuman adliya bo’limi hamda yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan birgalikda o’rganilganda tumanidagi 91 ta davlat umumiy o'rta ta'lim maktablarining kadrlar xizmati xodimlariga 70 million so’mga yaqin ish haqlari kam to'langanligi aniqlandi.  

O’rganish natijasiga ko’ra xodimlarga oylik maoshlarini to’lab berish va lavozim razryadlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish yuzasidan tegishli ta’sir chorasi kiritilishi ta’minlandi.