Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Navro'z shukuhi


Navoiyda Navro'z shukuhi kezmoqda. Shahar hududidagi "Yoshlik" ko'li atrofida tashkil etilgan xalq sayli bayram tadbiriga o'zgacha fayz baxsh etdi. Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi, davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, viloyat yuridik texnikumi jamoasi ham ishtirok etib, huquqiy targ'ibot tadbirlarini o'tkazishdi.
Sayl davomida qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tarqatma materiallari, yuridik adabiyotlar ko'rgazmasi tashkil etilib, fuqarolarga malakali huquqshunoslar tomonidan bepul huquqiy maslahat berildi. Shuningdek, aholiga davlat xizmatlarida tezkor foydalanish imkoniyati yaratildi.
-Bugun barchamiz xalq bayramini munosib tarzda kutib olmoqdamiz. Bugun bayramni tomosha qilgani chiqqan bo'lsam-da, huquqshunoslarni ko'rib, ayrim masalalarimni ularga aytdim. Anchadan buyon o'ylanib yurgan muammoyimni adliya xodimlari o'rganish uchun yozib olishdi.Masalaga yechim topgandek bo'lganim uchun yanada xursand bo'ldim. Hatto ular tomonidan tayyorlangan bayram dasturxonida mehmon ham bo'ldim.- deydi Karmana tumani "Talqoq" mahallasi fuqarosi D.Ismoilova.
Bayram shukuhi ko'tarinki ruhda davom etmoqda.