Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya faoliyatidan




               Fuqaro Murtazaeva Nargis Baxiyor qizi Karmana tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, tumandagi 1-son umumta'lim maktabida ishlaganligi, ishdan mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan ishdan bo‘shatilganligi, biroq tuman Xalq ta’limi bo‘limi tomonidan fuqaroga ikki oylik kompensatsiya, ishdan bo‘shatish nafaqasi hamda yakuniy hisob kitob amalga oshirilmaganligi bildirib, pul mablag‘larini undirib berishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

     Mazkur murojaat o‘rganilganda, fuqaro N.Murtazaeva bilan 2022-yil 1-fevral kuni mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 1-bandiga asosan bekor qilinganligi, biroq xodimga pul to‘lovlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

     Vaholanki, Mehnat kodeksining 110-moddasida mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli ish haqini ish beruvchi tomonidan to‘lash muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, unda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganda xodimga tegishli ish haqi mehnat shartnomasi bekor qilingan kunga qadar ishlayotgan xodimga — mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni to‘lab berilishi lozimligi belgilangan.

     Shunga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonida tuman Xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritildi hamda fuqaro N.Murtazaevaga barcha to‘lovlar to‘liq undirib berilishi ta’minlandi.

     Shuningdek, Xalq ta’limi bo‘limi mudiriga nisbatan MJtKning 49-moddasi tartibida ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga ma’muriy taklif yuborildi.

A.Axmedov

Karmana tuman

adliya bo‘limi boshlig‘i