Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Adliya faoliyatidan


              
              Adliya organlari bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha milliy komissiya a’zolaridan biri hisoblanadi. Shu bois, respublika miqyosida BMT xalqaro ekspertlari tashabbusi bilan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada soha vakillarining ishtiroki ta’minlandi. 
     “Odam savdosiga qarshi kurashish sohasida hududiy mutaxassislarning salohiyatini oshirish” mavzusidagi mazkur anjuman Navoiy shahridagi “Tinchlik plaza” mehmonxonasida  2 kun mobaynida davom etdi. 
       Tadbirda adliya boshqarmasi, viloyat sudi, prokuratura, IIB, mahalliy davlat hokimlik organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari qatnashishdi. 
       Konferensiya avvalida xalqaro doiradagi ekpertlarning BMT NJQKBning 2020-yil uchun odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha global hisoboti hamda AQSH Davlat departamentining 2021- yil bo‘yicha odam savdosi to‘g‘risidagi hisoboti va O‘zbekiston bo‘yicha tavsiyalari haqida umumiy ma’lumotlari tinglandi. 
       Shundan so‘ng, jamoalar guruhlarda ishlash tartibida seminarni davom ettirishdi. Muloqot davomida O‘zbekiston milliy qonunchiligida odam savdosi va u bilan bog‘liq jinoyatlar tushunchalari, ularning malakalanishi, shuningdek, hudud bilan bog‘liq ishlar tahlil etilib, mazkur muammoni bartaraf etishda NNTlar bilan hamkorlik mexanizmini yangi bosqichga ko‘tarish istiqbollari haqida so‘z yuritildi.