Янгиликлар
29
Adliya faoliyatidan
Bugungi kunda adliya organlari tomonidan davlat tashkilotlari va muassasalari bilan huquqiy hamkorlik tizimli ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Uchquduq tumanida ham mazkur an'ana amalda.
Xususan, tuman adliya bo'limi hamda mutasaddi tashkilotlar hamkorligida muntazam ravishda huquqiy targ'ibo tadbirlari o'tkazilmoqda.
Tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan sayyor qabul ana shunday tadbirlarning biridir.
Qabulda 60 dan ortiq fuqarolarning huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy masalalarda murojaatlari qabul qilindi.
Shuningdek, tuman yoshlari ishtirokida "Yoshlar korrupsiyasiz jamiyat tarafdori" mavzusida muloqot tashkil etildi.
Tadbir davomida mavzuga oid qonun hujjatlardagi tartib-taomillar, yoshlar uchun mavjud imtiyoz va preferensiyalar haqida huquqiy tushuntirish berib o'tildi.