Янгиликлар
31
Adliya faoliyatidan
Uchquduq tuman yurudik xizmat ko'rsatish markazi tashabbusi bilan, tuman adliya bo'limi hamkorligida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda viloyat adliya boshqarmasi mas'ullari, hududdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti vakillari ishtirok etishdi.
Aytib o'tish joiz, O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb 2 oylik" e'lon qilingan edi. Oylik doirasida Uchquduq tumanida ham huquqiy aksiya, davra suhbatlari, ochiq muloqot va sayyor qabullar o'tkazilib, 30 ga yaqin xotin-qizlarning mehnat stajini tiklash, nogironlikni belgilash, bandlik, alement undiruvi singari masalalar bo'yicha huquqlari tiklab berildi.
Tadbir davomida shu haqda so'z yuritilar ekan, maktabgacha ta'lim tizimi vakillari bilan yo'lga qo'yilgan huquqiy hamkorlik to'g'risida ham aytib o'tildi.
- Adliya organlari biz uchun yaqin hamkor, huquqiy ko'makchidir. Ayniqsa, dolzarb 2 oylik davomida bu hamkorlik 2 karra oshdi desam adashmagan bo'laman. Maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotganlarning aksariyati xotin-qizlardan iborat. Shu kunga qadar biz adliyadan asosan, mehnat munosabatlarini tashkil etish, sohada qonunchilikka rioya etish bo'yicha maslahat olib kelgan bo'lsak, dolzarb 2 oylik davomida soha vakillari shaxsiy xayotida uchragan masalalar bo'yicha ham murojaat qildilar va adliya xodimlari ko'magida mushkullari oson bo'ldi.-deydi Uchquduq tuman maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri Nigora Ro'ziyeva
.png)