Янгиликлар
31
Adliya sayli
HURMATLI NAVOIYLIKLAR,
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 1-aprel kuni Navoiy shahridagi "Farovon" mahallasi hududida "ADLIYA SAYLI" tashkil etilmoqda.
Sayilda davomida fuqarolarga huquqiy xizmat ko'rsatish, bepul huquqiy maslahat berib borishni samarali tashkil etish maqsadida davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, notariuslar ishtirokida huquqiy aksiya o'tkaziladi.
Shuningdek, shaxmat, shashka singari sport turlaridan musobaqa, yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini, "Milliy taomlar ko'rgazmasi" tashkillashtirilib, bayram dasturxoni hozirlanadi.