Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya faoliyatidan


Xurshid Berdiyev Zarafshon shahrida istiqomat qiladi. U bir necha yildan buyon shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi lavozimida ishlab kelmoqda. Fuqaro adliya bo‘limiga moddiy rag‘batlantirish pullari to‘lab berilmayotgani va mablag‘larini undirishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassisi lavozimiga 2019-yil 1-apreldagi 21-sht-son buyrug‘i asosida ishga qabul qilingan, biroq 2020-yil yanvar oyidan

2022-yilning mart oyigacha bo‘lgan davrlar uchun jami 23 856 000 so‘m moddiy rag‘batlantirish (rag‘batlantirish, yo‘l transporti hamda tushlik ovqatlanishi harajatlari) pullari joriy yilning 15-mart kuniga qadar to‘lab berilmagan.

Ushbu holat shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limining 2022-yil 17-martdagi 38-10-01-06/52-son ma’lumotnomasi va qarzdorlik hisob-kitob jadvallari bilan o‘z tasdig‘ini topdi.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 dekabrdagi 963-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandida xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda, yangi yil, 8 mart xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitusiya kuni, Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayram kuni va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayram kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanishi belgilangan.

Nizomning 14-bandida hodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilishi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, nizomda xodimlarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisoblanishi belgilangani bo‘yicha tartiblar ham mavjud.

Shu asosga ko‘ra, shahar Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limida faoliyat yuritayotgan boshqa xodimlarning ham murojaatlari o‘rganib chiqilib, tuman adliya bo‘limi tomonidan xodimlar manfaatida sud buyrug‘i berish to‘g‘risida ariza kiritildi.

Sud tomonidan mazkur arizalar to‘liq qanoatlantirilib,xodimlar foydasiga 300 milliondan ortiq pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi. 


Orif Nosirov

Zarafshon shahar adliya bo‘limi boshlig‘i