Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Adliya sayli


   Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan shahar hududidagi  "Farovon" mahallasida  "ADLIYA SAYLI" tashkil etildi. Saylda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Sarabekov, uchinchi sektor rahbari, viloyat IIB boshlig'i A.Tasbayev, viloyat viloyat Bojxona boshqarmasi boshlig‘i D.Yusupov, viloyat harbiy prokurori Q.Isroilov, shuningdek, Navoiy shahar sector rahbarlari, ijtimoiy soha vakillari hamda tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Sayl davomida fuqarolarga davlat xizmatlari va yuridik xizmat ko'rsatish markazlari, notariuslar, advokatlar tomonidan  bepul huquqiy maslahatlar berish, davlat xizmatlari  ko‘rsatish maqsadida huquqiy aksiya o'tkazildi. Aksiya doirasida 50 dan ortiq murojaatlar adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqilib, 20 ga yaqini o‘z joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, 12 tasi tegishliligiga ko‘ra davlat tashkilotlari va muassasalariga yo‘naltirildi, qolgan murojaatlarga esa qonunchilikda belgilangan tartib asosida huquqiy tushuntirishlar berildi.
   -  Alohida aytib o‘tish kerak, adliya organlari bugun fuqarolarga, nainki huquqiy jihatdan ko‘maklashmoqda, balki, ulaning ijtimoiy, iqtisodiy masalalarini hal etishda ham amaliy yordam berayapti. Xususan, Navoiy shahrida yangi tashkil etilgan  “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inini kompleks rivojlantirish maqsadida  olib borilayotgan ishlarda adliya boshqarmasi doimo kamarbasta. Birgina shu hududda adliya organlari tashabbusi bilan tashkil etilgan mehnat yarmarkalari, sayyor qabullar, uyma-uy yurish tadbirlari orqali 20 dan ortiq fuqarolar ish bilan ta’minlandi. 30 ga yaqini o‘zlarining istaklariga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyati uchun yo‘naltirilib, mazkur tizimda qator imtiyozlardan foydalanishdi. Bugungi tadbir ham fuqarolarimizni ko‘nglini ko‘tarish, ularga huquqiy jihatdan yana bir karra ko‘maklashish borasida olib borilgan ishlarning mantiqiy davomidir-deydi, mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha hokim yordamchisi Sur’at Sharipov
“Adliya sayli” davomida shaxmat, shashka singari sport musobaqalari, yoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini,  viloyat yuridik texnikumi jamoasi tomonidan "Eng yaxshi bayram dasturxoni" ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib, bolajonlar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar tashkillashtirildi.
   -  Men adliya boshqarmasi tomonidan yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda tashkil etib kelinadigan turli shakldagi huquqiy targ‘ibot tadbirlari, viktorina, fleshmob va aksiyalarda ishtirok etib kelaman, bugungi tadbirda ham huquqiy viktorina va “Zakovat” intellektual o‘yinida “Farovon” jamoasida qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritdim.Bundan benihoya xursandman va tengdoshlarimni huquqiy bilimlarini oshirish uchun harakat qilishga chorlab qolaman.-deydi, Sayfullo Sayfiddinov
“Adliya sayli”  “Sumalak sayli” bilan uyg‘unlashib ketdi. Onajonlarimiz esa sumalak doshqozoni boshida yoshlar uchun qadim an’ana va qadriyatlarimiz, ularning mohiyati haqida so‘zlab berdilar.Tadbir yakunida sport musobaqalari va turli xil ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan yoshlarga adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, mahalla hududida yashovchi nogironligi bo‘lgan fuqarolarga bayram sovg‘alari ulashildi.