Янгиликлар
05
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya organlari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlarida saylov qonunchiligi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan Navoiy tumanlararo ma'muriy sudi hamkorligida “O‘zbekiston” va “Yoshlik” mahallalarida bo‘lib o‘tdi.
Muloqot davomida adliya bo`limi tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Tadbirda fuqarolarga murojaatlari yuzasidan mas'ul tashkilotlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari asosida huquqiy maslahatlar berildi.