Янгиликлар
05
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya organlari tizimida "Mening huquqim" yoshlar aksiyasi tashkil etilmoqda. Aksiyada umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari qamrab olingan.
Huquqiy targ'ibot tadbirlari davomida mamlakatimizda yoshlarga oid siyosatni amalga oshirish, mazkur yo'nalishdagi qonun hujjatlari, yoshlar uchun mavjud imtiyozlar haqida ko'rgazma vositalari orqali ma'lumotlar berib borilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahridagi 5 va10 umumta'lim maktablarida tashkil etildi.Muloqotlar davomida qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot berilib, yoshlarning murojaatlari ko'rib chiqildi.