Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya faoliyatidan


   O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi Navoiyda ham samarali tashkil etilmoqda. Aksiya doirasida soha vakillarining huquqlari himoya qilinib, murojaatlari ijobiy hal etib berilayapti. Xususan, Navbahor tumani adliya bo‘limi tomonidan aksiya doirasida hududdagi ta’lim tizimi xodimlarining murojaatlari o‘rganildi.
   Aniqlanishicha, maktablardagi kadrlar bo‘yicha menejerlarga shu kunga qadar 2- razryad bilan mehnatga haq  to‘lab kelingan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2019- yil  6-sentabrdagi  “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida kadrlar bo‘yicha menejerlarga 6-razryad bilan mehnatga haq to‘lanishi belgilangan.
   Shu asosga ko‘ra, adliya bo‘limining aralashuvi bilan sudga da’vo arizasi kiritilib,tumandagi umumta’lim maktablarining 50ga yaqin kadrlar bo‘yicha menejerlariga 150 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi. Ana shunday fuqarolardan biri Asal Karabayeva. U ta’lim tizimida 35 yillik ish tajribasiga ega. Ayni paytda nafaqaga chiqqan bo‘lsada, ishlagan davrlari uchun fuqaroga 4 million so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berildi.
   -Men pullarim tushishiga boshida ishonmagandim to‘g‘risi.Kutilmagan quvonchli voqeadan hammamiz xursand bo‘ldik.Rostini aytsam uyimda ta’mirtalab joy bor edi.Mablag‘ yo‘qligi uchun tuzatolmayotgan edik. Pullarim tushgach, shu yumushim oson bo‘ldi.Men singari qolgan  hamkasblarim ham  bir muammosiga yechim topdi.Buning uchun adliya xodimlariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.Xursand bo‘lganim, bu ish uchun birortamiz yelib-yugurib ovora bo‘lganimiz yo‘q, faqatgina ariza yozdik.Masalan o‘zim faqatgina 10 daqiqa vaqt sarfladim, qolgan hamma ishlarning adliya xodimlari bajardi.Bu juda katta ish.-deydi, A.Karabayeva