Янгиликлар
04
Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oylik
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi “Adliya organlari tizimida oqila ayollar harakatini tashkil etish va xotin-qizlarni huquqiy ta’minlash” mavzusida viloyat amaliy seminari tashkil etildi. Tadbirda viloyat sudi sudyalari, deputat ayollar, siyosiy partiyalarning “Ayollar qanotlari” rahbarlari,mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash boshqarmasi, shahar bo‘limi mas’ullari, oliy ta’lim muassasalari olimalari va faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Seminar avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘tkazilgan videosilektorda ilgari surilgan masalalar, ayollarimizning baxtli va hech kimdan kam bo‘lmay yashashlari uchun belgilab berilgan imtiyozlar va istiqboldagi rejalar tahlil etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oylik” doirasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
Seminar davomida hududlar kesimida huquqshunos va hamkor tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan ayollardan iborat kengashlar tashkil etilib, ular mahallalarga biriktirilishi aytib o'tildi.
Bo'lim boshlig'i
D.Kattayeva