Янгиликлар
01
Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oylik
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oylik” doirasida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ko‘rik avvalida mutaxassislar yoshi ulug‘lar hamda jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar xonadoniga uyma-uy yurib, dastlab qonunchilikdagi yangiliklar, tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi va mavjud imtiyozlar haqida huquqiy tushuncha berdi.Shundan so‘ng, sayyor tartibda tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
Tadbir yuridik texnikumida tor doiradagi mutaxassislar ishtirokida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik bilan davom etdi. 100dan ortiq xotin-qizlar mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazildi.