Янгиликлар
11
Adliya faoliyatidan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham davom etmoqda.
Aksiya doirasida soha xodimlari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ularning murojaatlari alohida tartibda o‘rganilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan shahardagi Tibbiyot birlashmasida tashkil etildi. Bunda tibbiyot xodimlari bilan sayyor uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda xodimlarga qonunchilikdagi yangiliklar tanishtirilib, ularni qiynab kelayotgan masalarga huquqiy tushuntirish berildi.