Янгиликлар
14
Adliya faoliyatidan
Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi”da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va Farmonlarining viloyatdagi ijrosini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayogan ishlar tahlili, sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgan holatlarni bartaraf etish uchun ko‘rilayotgan choralar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda rasmiy OAV, bolgger va mustaqil jurnalistlar ishtirok etishdi.
Muloqot avvalida adliya organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining Navoiy viloyatdagi ijrosini o‘rganish, tahlil va monitoring qilish bo‘yicha amalha oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berilib, shu asosda viloyat hududida tashkil etilayotgan chora-tadbirlarga alohida urg‘u berildi.
Shundan so‘ng, Prezident hujjatlarining ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan holatlarda qonuniy tartibda ko‘riladigan choralar to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tildi.
Matbuot anjumani jurnalistlar tomonidan berilgan huquqiy savol-javob orqali bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
.jpeg)
.jpeg)
.jpeg)