Янгиликлар
13
Adliya faoliyatidan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar e’lon qilingan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi Navoiy viloyatida ham keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.
Shu kunga qadar, aksiya doirasida 430 dan ortiq huquqiy targʻibot tadbirlari, audio-video podkastlar, soha xodimlarining huquqlariga rioya etilishi yuzasidan onlayn soʻrovlar oʻtkazildi.
Shuningdek, murojaatlarni oʻrganish va tahlil qilish natijasi yuzasidan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha amaliy choralar koʻrilib, kelib tushgan 300 dan ortiq murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rildi.
Monitoringlar natijasida 178 ta nafar soha xodimlarining huquqlari buzilganligi aniqlanib, holatlar yuzasidan 190 gayaqin taʼsir choralari qoʻllanildi.
Jumladan, 30 ga yaqin taqdimnoma, 80 ta daʼvo arizalari, 20 ga yaqin maʼmuriy takliflar va 100 dan ortiq ogohnoma kiritilib, aksiya doirasida
550 mln. soʻmdan ortiq mablag‘lar soha xodimlari foydasiga undirib berildi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda.