Янгиликлар
13
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi, xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, prokuratura, viloyat adliya boshqarmasi, IIB, va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari ishtirokida ommaviy qabullar o‘tkazilmoqda.
Qabul mobaynida adliya boshqarmasi tomonidan inson huquqlari, mehnat va oilaviy munosabatlar, ish stajini tiklash, meros masalalarida yuzdan ortiq murojaatlar qabul qilinib ularning 70 foiziga oʻz joyida huquqiy tushuntirish berildi, 30 foizi oʻrganish uchun alohida nazoratga olindi.
- Mening yaqin qarindoshim chet davlatida ishlab kelgan edi. Uning xujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy masalalarini hal etishda bir necha tashkilotga borishim zarur edi. Bugungi qabul davomida adliya boshqarmasining masʼullaridan masalalarim yuzasidan huquqiy maslahat olib, ularning koʻrsatmasi bilan tadbirda ishtirok etayotgan idora vakillari yordamida ishlarim hal etib berildi. Bundan juda ham xursandman -deydi Sayyora Jumanova.