Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya faoliyatidan


     Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Nuroniylar ardog‘imizda” loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi keksa avlod vakillari holidan xabar olish, ularning huquqiy muammolarini o‘rganish, murojaatlarini hal etishga huquqiy ko‘maklashishdan iborat.
     Loyihani amalga oshirishda mahalla fuqarolar yig‘inlari, sog‘liqni saqlash, bandlik,oila va xotin-qizlar  boshqarmasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
     Oyjamol aya Asqarova shu yil 80 bahorni qarshiladilar. Onaxon adliya xodimlari bilan muloqot jarayonida  sog‘liklarida muammosi borligi, tibbiy davolash muassasasiga bepul joylashtirishda amaliy yordam so‘radilar. Onaxonning murojaati bugungi kunda qanoatlantiririb berildi.
     Shuningdek mazkur oiladagi huquqiy masalalar ham ish yurituvi uchun qabul qilinib, murojaatlarni ijobiy hal etish bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.