Янгиликлар
15
Adliya faoliyatidan
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sogʻliqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi Navoiyda ham samarali tashkil etilmoqda. Aksiya doirasida soha vakillarining huquqlari himoya qilinib, murojaatlari ijobiy hal etib berilayapti. Xususan, Tomdi tumani adliya bo‘limi tomonidan aksiya doirasida hududdagi ta’lim tizimi xodimlarining murojaatlari o‘rganildi.
Aniqlanishicha, maktablardagi kadrlar bo‘yicha menejerlarga shu kunga qadar 2- razryad bilan mehnatga haq to‘lab kelingan. Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 6-sentabrdagi “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida kadrlar bo‘yicha menejerlarga 6-razryad bilan mehnatga haq to‘lanishi belgilangan.
Shu asosga ko‘ra, adliya bo‘limining aralashuvi bilan sudga da’vo arizasi kiritilib,tumandagi umumta’lim maktablarining kadrlar bo‘yicha menejerlariga ustama haqlari undirib berildi