Янгиликлар
18
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Oqila ayollar harakati faoliyatini rivojlantirishda NNTlar roli” mavzusida ayollar forumi tashkil etildi (https://t.me/adliyangiliklari/5445).
Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning pensiya miqdori oshirib berildi (https://t.me/Navoiy_adliya/56036).
Navoiy shahar adliya bo‘limi tomonidan pedagog xodimlarga 10 mln so‘mga yaqin imtihon topshirish xarajatlari qaytarilishi ta’minlandi (https://t.me/Navoiy_adliya/56086).
Tomdida kadrlar bo‘yicha menejerlarga pul mablag‘lari undirib berildi (https://t.me/Navoiy_adliya/56122).
Konimex tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi tizimi o‘qituvchilariga 70 mln so‘mga yaqin kompensatsiya undirib berildi (https://t.me/Navoiy_adliya/56124).
Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xonqa tumanlarida ta'lim sohasi xodimlari uchun huquqiy tadbirlar o'tkazildi (https://t.me/adliyangiliklari/5450).
Qo‘rg‘ontepa tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan mahalla xodimlarining ustama pullari undirib berildi (https://t.me/adliyaboshqarmasi/2627).
Marhamat tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 29 nafar mahalla raislarining o‘rinbosarlariga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi (http://hudud24.uz/?p=37139).
Huquqiy aksiya samarasi: Paxtaobod tuman adliya bo‘limi 198 nafar pedagogning bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishiga ko‘maklashdi (http://hudud24.uz/?p=37159).
Paxtaobodlik huquqi poymol bo‘lgan 200 ga yaqin o‘qituvchi manfaati sud orqali tiklandi (https://xs.uz/uzkr/post/pakhtaobodlik-huquqi-pojmol-bolgan-200-ga-oqituvchi-manfaati-sud-orqali-tikl....
Sirdaryo viloyatida huquqiy aksiya samara berdi, 33 nafar xodimning ish haqi undirildi (https://t.me/huquqiytargibot/9534).
Yangihayot tuman adliya bo‘limi tomonidan 15 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining o‘rinbosarlariga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi (https://t.me/toshadliya/2870).
Namangan viloyat adliya boshqarmasi ko‘magida tibbiyot xodimining buzilgan huquqlari sud orqali tiklandi (https://t.me/namanganadliya/8903).
Yangiqo‘rg‘onda ijtimoiy aksiya doirasida o‘tkazilgan monitoringda tibbiyot xodimlariga 97 milliondan ortiq pul mablag‘lari to‘lab berilmaganligi aniqlandi (http://hudud24.uz/?p=37305).
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan 110 nafar xodimga 146 mln so‘m pul mablag‘lari to‘lab berildi (https://t.me/xorazmadliya/764).