Янгиликлар
20
Adliya faoliyatidan
Uchquduq tuman adliya bo'limi tomonidan fuqaro Z.Umarovaning "Konchilar bozori" hududida joylashgan 7-raqamli savdo do‘kon binosi buzilganligi munosabati bilan kompensatsiya berilmaganligi sababli yetkazilgan zararni qoplab berilishida amaliy yordam berishni so‘rab qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.
O‘rganish davomida, fuqaroning do‘kon binosi joylashgan yer uchastkalari davlat va jamoat ehtiyojlari uchun 2018-yilda olib qo‘yilib, do‘kon binosi buzilishi natijasida yetkazilgan zarar qoplanmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan holat yuzasidan, fuqaro manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudiga da’vo arizasi kiritildi.
Kiritilgan da’vo arizasi qanoatlantirilib, fuqaro Z.Umarovaga yetkazilgan 119 153 341 so‘m zarar Uchquduq tuman hokimligidan undirilishi yuzasidan sudning hal qiluv qarori chiqarilib, fuqaroga yetkazilgan zarar undirib beriladigan bo'ldi.