Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya faoliyatidan


     Konimex tuman adliya bo‘limi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limida sohaga oid qonun hujjatlari ijrosi monitoring qilindi. Monitoring natijalariga ko‘ra, tuman Xalq ta’limi tizimidagi olis hududlarda ishlovchi o‘qituvchilarning uy-joylarni ijaraga olganlik uchun 55 mln.dan ortiq, shuningdek maktabdan 1,5 km uzoqlikda joylashgan xonadon farzandlariga uyga borgan holda dars berayotgan o‘qituvchilarga esa 7 mln.dan ortiq kompensatsiyasi to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
     Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 
6-noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida 2021-yil 1-yanvardan boshlab olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislarga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarida bir martalik boshlang‘ich yordam puli va uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 
2 baravarida har oylik pul kompensatsiyasi berilishi belgilangan.
     Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 5-martda 2435-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qaror bilan tasdiqlangan “Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogiron bolalarni uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga asosan maktab o‘qituvchilariga – maktabdan o‘qitilayotgan o‘quvchining yashash joyigacha kamida 1,5 kilometr masofa bo‘lganda uyda o‘qitilayotgan bir nafar o‘quvchi uchun eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida kompensatsiyasi beriladi.
     Aniqlangan qonunbuzilishlarini bartaraf etilishi yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman Xalq ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, o‘qituvchilarga 70 mln. ga yaqin pul mablag‘lari undirib berilishi ta’minlandi.