Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Uchquduq tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001 yil 1 apreldagi 2 va 33-son qarori bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom jrosi tahlil qilindi.
Mazkur Nizomda Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar, xodimning yuqorida keltirilgan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, 3 yilgacha 0.25, 3 yildan 5 yilgacha 0.5, 5 yildan ortiq 0.75 miqdorlarda ustama belgilash ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, Nizomning 2-bandida muayyan davr ishlaganlik uchun belgilangan miqdordagi oylik to‘lovlarning to‘lanish huquqi, xodimlar byudjet muassasalari va tashkilotlarida ishlay boshlagan paytidan boshlab kelib chiqishi belgilab qo’yilgan.
Biroq O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan Uchquduq shahridagi 6 ta mahalladagi O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining yoshlar yetakchilariga 2022-yilning yanvar oyidan 2022-yilning mart oyiga qadar 28 734 037 so’mlik muayyan davr ishlaganlik uchun qo’shimcha ustama pullari to‘lab berilmaganligi iqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, bo’lim tomonidan 6 nafar xodimlarning manfaatlarida Fuqarolik ishlari bo’yicha Uchquduq tuman sudiga arizalar kiritildi. Sud buyrug’i bilan O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligining yoshlar yetakchilariga 28 734 037 so’mlik qo’shimcha ustama pullari O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Uchquduq tuman bo’limidan undirilishi belgilandi.