Янгиликлар
26
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyati yuridik texnikumi rahbariyati 2022 yilning may oyida bo'lib o'tadigan "Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) saylovi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, huquqiy madaniyatni oshirish hamda ushbu saylovlarda o'z vakillari orqali qatnashishni targ'ib etib kelishmoqda.
Shu bois, navoiy viloyat adliya organlari tizimida “SAYLOV QONUNCHILIGI TARG‘IBOTI DOLZARB 30 KUN” aksiyasiga o‘tkazilmoqda.
Navbatdagi huquqiy targ'ibot ishlari Navoiy shahridagi "Farovon" MFY da bo'lib o'tdi. Tashkil etilganiga ko'p bo'lmagan, qisqa muddatda tiklangan, 66 ta ko'p qavatli uydan iborat ushbu massiv bugungi kunda ushbu saylovda ishtirok etishga qiziqishlari juda baland.
Shu kunga qadar, mahalla miqiyosida yuridik texnikum tomonidan saylov qonunchiligi bo‘yicha 20 ga dan ortiq davra suhbatlari, ochiq muloqot va seminar-treninglar o‘tkazilib, uyma-uy yurish tadbirlari orqali fuqarolarga mazkur yo‘nalishdagi 100 ga yaqin targ‘ibot materiallari tarqatilib huquqiy tushuntirishlar berildi.