Янгиликлар
30
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy shahridagi Prezident maktabi bilan hamkorlikda huquqiy targ‘ibot kunlari tashkil etilgan. Bunda maktab o‘quvchilariga qonunchilikdagi yangiliklar, Preziden hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumot va tushuntirishlar berib borilmoqdai.
Navbatdagi targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish to‘g‘risida”gi 106-sonli farmoni mazmuni ta’lim muassasai o‘quvchilariga tushuntirib berildi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etishga yagona yondashuvni shakllantirish, ushbu maktablar tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ta’lim jarayoniga malakali rahbar va pedagog kadrlarni jalb qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim sifatini yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyatga ega bo‘lmoqda.Prezident farmonida mazkur soha taraqqiyoti uchun aniq vazifalar belgilab berilgan.Muloqot mobaynida shu xususida so‘z yuritilib, mulohazalar tinglandi.