Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Adliya faoliyatidan




Obod yurtning fayzi, tarovati oʼzgacha boʼladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom va sarishtalik yurtimizning yanada koʼrkam boʼlishiga zamin yaratadi. Bunda xalqimizning yillar davomida shakllangan ezgu qadriyati – hashar muhim oʼrin tutadi. Bugun butun mamlakatimiz boʼylab umumxalq xayriya hashari oʼtkazilmoqda.
Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ham umumxalq xayriya hashari uyushqoqlikda tashkil etildi. Bunda adliya boshqarmasi, tuman,shahar adliya boʼlimlari binolari hovlisi obodonlashtirilib, gul koʼchatlari va manzarali daraxt koʼchatlari ekildi. Аtrof supurib-sidirildi, chang gʼuborlardan tozalandi, daraxtlar oqlandi.
Mazkur jarayon tizimdagi davlat xizmatlari markazlari, notarial idoralar, FHDYO boʼlimlari, intellektual mulk markazi, yuridik xizmat koʼrsatish markazlarida keng koʼlamda tashkil etildi.
Shuningdek, xayriya hashari adliya boshqarmasi va shahar adliya boʼlimi hamkorligida shahar hududidagi “Farovon” mahallasida ham alohida taraddud bilan tashkil etilib, mahalladagi boʼsh yerlarga gul va manzarali daraxt koʼchatlari ekildi.
Mehnat qonunchiligiga asosan, umumxalq hashari doirasida boʼlmagan boshqa turdagi jamoat ishlari, jumladan, qurilish-taʼmirlash va qishloq xoʼjaligi ishlariga majburiy jalb etishga qatʼiy yoʼl qoʼyilmaydi.
Shuningdek, avtomobilь yoʼllari, harakatlanish tigʼiz boʼlgan koʼchalar, suv obʼektlari, qirgʼoqboʼyi hududlar va zonalar, qurilish maydonlari, bino va inshootlar tomlari, xavfli ishlab chiqarish obʼektlari, shuningdek, insonlarning hayoti yoki sogʼligʼiga xavf tugʼilishi yuzaga kelishi mumkin boʼlgan boshqa joylarda ixtiyoriy tashabbus bilan hasharlar va boshqa ishlarni oʼtkazish taqiqlangani qatьiy nazoratga olinadi.