Янгиликлар
06
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyatining olis va cho‘l hududlarida adliya boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etilmoqda Fuqaro murojaatlarini tinglash Uchquduq tumanidan boshlandi. Dastlabki qabul jarayoni Uchquduq tuman hokimi, sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida tumanning "Aytim" mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.
Keng qamrovda oʼtkazilgan qabul mobaynida 60 dan ortiq fuqaro turli masalalar yuzasidan masʼullarga murojaat qilishdi.
Xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar va yoshlar bilan yakka suhbatlar oʼtkazilib, muammolarini ijobiy hal etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, yigʼilganlar tomonidan bandlik, pensiya taʼminoti, mehnat va oilaviy munosabatlar, soliq toʼlovlari, nogironlikni belgilash, ish stajini tiklash va imtiyozli shartlarda nafaqaga chiqish singari bir qator masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Shulardan 35 dan ortigʼiga huquqiy tushuntirish berilgan boʼlsa, 15 ga yaqin murojaat adliya organlari tomonidan ish yurituviga qabul qilindi.
– Men Uchquduq tumanidagi “Aytim” mahallasida yashayman. Shaxsan o‘zim ham, qo‘shnilarim ham adliya xodimlaridan ko‘p yordam olganmiz. Masalan, men adliya boʼlimi ko‘magi bilan bola puli oldim, qaynonamni ish stajini tikladik.Bugungi sayyor qabulda ham hamma savollarimga javob topdim va davlat xizmatlaridan foydalandim.-deydi O. Rahimova
Sayyor qabulda fuqarolarga 8 dan ortiq davlat xizmatlari ko'rsatildi. Jumladan, 3 nafar fuqaro narkalogiya dispanseridan, 3 nafari ruhiy kasalliklar shifoxonasidan, 1 nafar fuqaro kadastr ma’lumotlari olishda davlat xizmatlaridan foydalanishdi. Murojaarlarga ko‘ra, sayyor qabul ishtirokchilariga elektron raqamli imzo kaliti olib berishda amaliy ko‘maklashildi.
Shuningdek, FXDYO bo'limi tomonidan 3 nafar fuqaroga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Ommaviy qabuldan so‘ng, fuqarolar xohishiga ko‘ra, yakka tartibda muloqotlar tashkil etilib, tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma olish, bolani MTTga ro‘yxatga qo‘yish, nogironlikni belgilash singari bir qator murojaatlar o‘z o‘rnida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etiladigan masalalar ish yurituvi uchun alohida nazoratga olindi.
Tadbir mobaynida adliya organlari hamda mahalla xodimlari bilan sayyor qabulga kelish imkoniyati boʼlmagan fuqarolarning xonadonlariga uyma-uy kirilib, huquqiy tushuntirish berildi, oʼrganish talab etiladigan masalalar alohida nazorat uchun qabul qilindi.