Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya faoliyatidan


 Insonning umri davomida topgani qadr, undan qoladigani esa yaxshi aml-u duodir.Ana shunday kishilar doimo el ardog‘ida. Ayniqsa, 9 -may "Xotira va qadrlash kuni" arafasida vatanga xizmati bilan xalq hurmatiga sazovor bo‘lganlarni yo‘qlash, ularni xotirlash yurtimizda go‘zal an’anaga aylangan.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasida ham bu qadriyat bardavom.Sana munosabati bilan adliya organlari tizimida faoliyat yuritib,umrini qonun ustuvorligini taʼminlashga sarf etgan ustozlar bilan samimiy muloqot tashkil etildi. 
Maʼlumot oʼrnida aytib oʼtish joizki, bugungi kunda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida faoliyat koʼrsatgan 20 dan ortiq faxriylar boʼlib, ular tarkibida boshqarmada “Faxriylar kengashi” tashkil etilgan.
Tadbir davomida  kengash a’zolari so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar, tizimda joriy etilgan yangiliklarning huquqiy xizmat sifati oshishidagi o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bildirishdi.
Shundan soʼng, adliya boshqarmasining mehnat jamoasi, yosh xodimlar bilan ustozlar oʼrtasida samimiy muloqot tashkil etildi. Suhbat jarayonida adliya organlarida uzoq yillar davomida faoliyat yuritib kelgan faxriy xodimlar oʼzlarining faoliyati bilan bogʼliq qiziqarli xotiralarni oʼzaro oʼrtoqlashdilar. Suhbat davomida bir vaqtlar adliya boshqarmasi moʼjazgina binoda faoliyat yuritganligini, oʼsha davrlarda bugungi kundagi kabi sharoitlar orzulardagina boʼlishi aytib oʼtilib, muborak kunlarda ustozlarning diydorlashuv davrasini tashkil etganlik uchun minnatdorchilik bildirildi.