Янгиликлар
09
Xotira va qadrlash
9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan yurtimiz tinchligi va uning taraqqiyotiga hissa qo‘shgan, amalga oshirgan ishlari uchun urush va mehnat faxriylariga o‘z tashakkurimizni bildiramiz!
o'z Vatan sarhadlarini munosib himoya etgan, uning gullab yashnashi yo‘lida jonlarini fido etgan yurtdoshlarimizga uzoq umr, mustahkam salomatlik tilaymiz. Osmonimiz hamisha musaffo, yurtimiz tinch bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!
Navoiy viloyati Adliya boshqarmasi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!