Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Adliya faoliyatidan


Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramovning Navoiy viloyatiga tashrifi davomida adliya boshqarmasi binosida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish sifati va mavjud muammolar tahlili yuzasidan davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Muloqotda viloyat darajasidagi 11 ta davlat organi va tashkilotlari rahbarlari hamda ZOOM  platformasi orqali ularning tuman, shahar boʻlimlari rahbarlari, tuman va shahar adliya boʻlimlarining boshliqlari, yuridik xizmat koʻrsatish  markazi rahbarlari onlayn ishtirok etishdi.
Suhbat davomida davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan huquqiy xizmat mobaynida aniqlangan muammolar tahlil qilinib, ijrochilarga tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tuman va shahar studiyalaridan qatnashayotgan ishtirokchilarning huquqiy masalalari ham tinglandi. 
Xususan, Konimex tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri tomonidan boʻlim AKT xodimlariga toʻlanishi lozim boʻlgan ustama haqlari, Tomdi tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi mudirining viloyat hududidagi ichki xizmat safarlari boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolari muhokama etilib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi.
Yigʻilish mobaynida ishtirokchilar tomonidan taklif etilgan bir qator muammoli holatlar batafsil oʻrganish uchun alohida nazoratga olindi.