Янгиликлар
13
Adliya faoliyatidan
Navoiy shahar adliya bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-92-son Qarori ijrosi yuzasidan o`tkazilgan tahlillar davomida umumta’lim maktablarida faoliyat yuritgan yoshlar yetakchilariga mehnat qonunchiligi talablari doirasida 2 299 439 so`m ishdan bo`shatish nafaqasi to`lab berilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-92-son Qarorining 11-bandida mahallalarda tashkil etiladigan yetakchilarning hamda Yoshlar ishlari agentligining mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash bo`linmalari xodimlarining shtat birliklari umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantirilishi belgilangan.
Holat yuzasidan o`tkazilgan tahlil davomida Navoiy shahar xalq ta’limi bo`limi tomonidan yuqoridagi asos bo`yicha mehnat shartnomasi bekor qil;inishi to`g`risidagi ogohlantirish muddatiga mutanisib ravishda ikki oylik pullik kompensatsiya to`lab berilganligi aniqlandi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 102-moddasi birinchi qismi
1-bandida ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilish niyati haqida xodimni texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi munosabati bilan bekor qilinganda kamida ikki oy oldin yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirishi shart ekanligi yoki xodim bilan ish beruvchi o`rtasidagi kelishuvga binoan yuqoridagi ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirlishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1998-yil 17-apreldagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasi (kontrakti)ni bekor qilishni tartibga soluvchi qonunlarning qo‘llanilishi haqida”gi 12-son Qarorining 18-bandida Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismining 1, 2-bandlariga binoan, xodim bilan ish beruvchining kelishuviga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimni ogohlantirish uning muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya bilan almashtirilishi mumkinligi nazarda tutilgan.
Mehnat kodeksining 109-moddasi birinchi qism 1-bandiga ko`ra, mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan (xodim o‘zining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno) bekor qilinganda xodimga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi belgilangan.
Ta’kidlashlash joizki, Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qism 1-bandida nazarda tutilgan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi sababli xodim bilan nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasini ham ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi asosli hisoblanadi.
Yuqoridagilarga asosan bo`lim tomonidan mehnat shartnomasi Mehnat kodeksining
100-moddasi ikkinchi 1-bandi bilan bekor qilingan umumta’lim maktablarining 10 nafar yoshlar yetakchisi lavozimida faoliyat yuritgan fuqarolar manfaatida Fuqarolik ishlari bo`yicha Karmana tumanlararo sudiga kiritilgan da’vo arizalari qanoatlantirilib, fuqarolarga jami 22 994 390 so`m ishdan bo`shatish nafaqalari undirilishi belgilandi,
Navoiy shahar
adliya bo'limi boshlig'i A.Xolmo'minov